Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zakot berish talablari

Zakot berish talablari

Foto:«Muxlis.uz»

Islom dini arkonlaridan biri — zakot qay tartibda berilishi haqida bilmoqchi edim?

Dilbar Ortiqova,
faxriy pedagog
Yangibozor tumani

Savolga Yashnobod tumani bosh imom-xatibi Fazliddin Alloyorov javob berdi:

— «Namozni barkamol o‘qingiz, zakot beringiz...», deyiladi muqaddas kitobimiz Qur’oni karimning «Baqara» surasi 43-oyatida. Zero, zakot moliyaviy ibodat bo‘lib, lug‘atda «poklash» va «o‘sish» ma’nolarini bildiradi. Bu amal Qur’oni karimda yigirma yetti bora namoz bilan birga zikr etilgan. Bu namoz bilan zakotning bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligiga dalolatdir.
U muayyan miqdordagi mablag‘i bo‘lgan musulmonning zimmasidagi farz bo‘lib, vojib qiluvchi muayyan miqdor shariat tilida nisob deyiladi. Zakot tilla va kumush, pul, meva va dehqonchilik mahsulotlari hamda chorva mollaridan beriladi. Molning nisobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan qat’iy belgilab berilgan. Tillaning nisobi 20 misqol (85 gr) bo‘lib, undan 0,5 misqol (2,125 gr) zakot uchun ajratiladi. Ya’ni, qirqdan biri demakdir. Bundan tashqari, naqd pul va tijorat mollaridan ham zakot beriladi. Ularning miqdori esa tilla va kumushning nisobiga qiyosan belgilanadi. Ya’ni, tilla va kumushning qiymati aniqlanib, shularga taqqoslanadi.

«Ma’rifat» gazetasi saytidan olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring