Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi yilning ilk qurbonlaridan: Zangiotadagi yong‘inda yosh bolaning kuygan jasadi topildi

Yangi yilning ilk qurbonlaridan: Zangiotadagi yong‘inda yosh bolaning kuygan jasadi topildi

Foto: IIV

2018-yilning 1-yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi N.F.ning uyidagi isitish pechi mo‘risining qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 225 kv. m. maydonda tomi va shift qismi hamda yong‘in qo‘shni xonadonning darvozaxonasiga o‘tishidan 20 kv. m. maydonda shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shu kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi A.B.ning uyida ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 25 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida ushbu uy egasi nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Shuningdek, 2018-yilning 3-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi E.X.ning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv. m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring