Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zilzila uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Zilzila uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: «Gismeteo.kz»

Indoneziyada 18-aprel kuni sodir bo‘lgan 4,4 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetdi.

Mutasaddilar tabiiy ofatdan yaralangan 21 kishi ayni paytda shifoxonalarda davolanayotganini aytishgan. Bu haqda «Sabah» nashri xabar berayapti.

Yer silkinishi tufayli mamlakatda 300 dan ziyod uyga talafot yetgan. Ikki mingdan ortiq kishi xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

Zilzila markazi Markaziy Java viloyati Kebumen tumanidan 52 kilometr uzoqlikda. Yer silkinishi sodir bo‘lgan kuni bir kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring