Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Karimovni xotirlab, Samarqandning barcha tumanlarida ehson oshi beriladi

Islom Karimovni xotirlab, Samarqandning barcha tumanlarida ehson oshi beriladi

Foto: «Sputnik»

Avval xabar berganimizdek, ayni damda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham qatnashmoqda.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ishlari holati va amalga oshirilayotgan choralarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev ham so‘zga chiqqan.

«Hazrati Xizr majmuasida qurilish ishlari tugallangan. Majmua ochilish marosimiga tayyor. O‘sha kuni Samarqandning barcha tuman va shaharlarida ehson oshi beriladi», — deb aytgan Turobjon Jo‘rayev. 

Muxbirimizning ma’lum qilishicha, yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi O‘zbekiston Prezidentidan majmuaning ochilishiga butun respublikadan mehmonlarni taklif etishga ruxsat so‘ragan. Bunga javoban davlat rahbari tadbirga har bir viloyatdan 50 nafardan mehmon, ya’ni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan birga ishlaganlar, ziyolilar, yoshlar vakillari borishini ma’lum qilgan. Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Abdulla Aripovga boshqa viloyatlardan keluvchi mehmonlarning kelib-ketishi bepul va beg‘araz bo‘lishini tashkillashtirish haqida topshiriq bergan.

Bizga ma’lum qilishlaricha, ehson oshi Islom Karimov tug‘ilib-o‘sgan xonadonda ham beriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring