Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kardiff» klubi «Nant»ga pul to‘lamasa FIFA tomonidan jazolanadi

«Kardiff» klubi «Nant»ga pul to‘lamasa FIFA tomonidan jazolanadi

Foto: AFP

FIFA «Nant» klubining halok bo‘lgan futbolchisi uchun pul to‘lashni istamayotgan «Kardiff Siti»ga sanksiya qo‘llashi mumkin. Bu haqda «Times» xabar berdi.

Uelsliklar shartnomada ko‘zda tutilgan 15 million funt-sterlingning 5 millionini keyingi haftaning oxirigacha fransuz klubiga o‘tkazib berishlari shart.


Mavzu doirasida

«Kardiff» yo‘qolgan futbolchi uchun transfer pulini to‘lashdan bosh tortdi


Eslatib o‘tamiz, «Nant»ning argentinalik futbolchisi Emiliano Sala qishki transferda «Kardiff Siti» tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangandi.

Biroq Sala uchib ketayotgan bir motorli samolyot 21-yanvar kuni La-Manshda halokatga uchragandi.

Bugun, 8-fevral kuni suv ostidagi samolyotda topilgan jasadning shaxsi aniqlandi va bu Emiliano Sala ekani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring