Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu nega hamon termaga chaqirilmoqda? Murabbiy javob berdi

Ronaldu nega hamon termaga chaqirilmoqda? Murabbiy javob berdi

Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martines «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduga ishonishda davom etmoqda.

«Ronaldu muhim futbolchi va kiyinish xonasida ham muhim shaxs. U asosiy pozitsiyada o‘ynaydi, o‘yin natijasini hal qila oladigan hujumchi. Krishtianu noyob tajribaga ega futbolchi. 198 ta xalqaro o‘yinda maydonga tushgan boshqa futbolchilarimiz termada qolmadi. Bu biz uchun juda qadrli.

Bunday tajribaga ega futbolchi uchun murabbiylik qarori kerak emas, deb o‘ylayman. Hamma narsani futbol hal qiladi. 

O‘ylaymanki, Krishtianu mart oyidagi o‘yinlarda juda ijobiy va muhim rol o‘ynadi, shuning uchun ham unga yaxshi munosabat bilan ishlashda davom etish kerak», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda OAV.

38 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida 198 ta o‘yinda maydonga tushib, 122 ta gol urgan va 43 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

U terma jamoa darajasida eng ko‘p gol urgan futbolchi ham sanaladi.

Avvalroq Ronaldu Saudiya Arabistonidan ketishi mumkinligi xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring