Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Astana Open xalqaro festivalida g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Astana Open xalqaro festivalida g‘alaba qozondi

Ostona shahrida 8-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan Astana Open xalqaro festivalida Qozog‘iston va O‘zbekistondan jami 27 maktab jamoalari ishtirok etdi.

Ikki kunlik festival doirasida Musiqiy xamsa, Erudit-kvartet, Shaxsiy o‘yin va «Zakovat» bo‘yicha bellashuvlar olib borildi. Quvonarlisi festival doirasida «Zakovat» o‘yinida 1-o‘rinni Pop tumanidagi 67-IDUMning «Geksagon» jamoasi egalladi.

E’tiborlisi, mazkur jamoa 2023 yili Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi «Zakovat» turnirida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, «Zakovat» o‘yinida 3-o‘rinni ham O‘zbekistondan borgan jamoa - Sehriyo School maktabining Vorpal Swords jamoasi egalladi.

O‘zbekistonning yana bir jamoasi - International Talent Academy ta’lim muassasasining «Akademiya talantov» jamoasi Erudit-kvartet bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yurtdoshlarimiz shaxsiy o‘yin bahslarida ham medallarni qo‘lga kiritdi. 2- va 3- o‘rinlar «Akademiya talantov» jamoasi a’zolari - Yegor Dyomin hamda Sofya Korzikka nasib etdi.

Aytish joizki, musobaqada sovrindor bo‘lgan har uchala jamoa ham «Zakovat intellektual klubi» NNT tomonidan o‘tkazib kelinadigan «Zakovat» bo‘yicha O‘quvchilar ligasi, «Zakovat: Shkolnaya liga» va boshqa bir qator musobaqalarda muntazam qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallab keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring