Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida ko‘tarildi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida ko‘tarildi

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020-yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Umumiy reytingda mamlakatimiz 176 ta davlat ichida 94-pog‘onani egallab, qayd etilgan internet tezligi 32,39 Mbit/s.ni tashkil etdi.

Aytilishicha, bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o‘rinda bo‘lgan va internet tezligi esa 19,91 Mbit/s. ni tashkil etgan. Bir yil ichida aniqlangan internet 10 Mbit/s.ga tezlashdi va reytingdagi o‘rin 18taga yuqoriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring