Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston internet tezligi reytingida yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi reytingida yuqoriladi

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2021-yil yanvar oyi natijalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda simli va mobil internet tezligi bo‘yicha o‘sish qayd etildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, simli internet tezligi (Fixed Broadband) bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkita pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Yuklash bo‘yicha tezligi esa 34,62 Mbit/s ni tashkil etdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkich qayd etildi. O‘zbekiston yana ikkita pog‘onaga ko‘tarilib, hozirgi kunda 128-o‘rinni band qilgan. Mobil internet tezligi 12,94 Mbit/s ni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda internet tezligi 3 baravarga – 10,89 Mbit/s dan 34,26 Mbit/s gacha o‘sgan. Bu borada umumjahon reytingida esa 2020-yil boshida 104-o‘rindan 94-o‘ringacha ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring