Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning internet tezligi bo‘yicha jahon reytingidagi pozitsiyasi yaxshilandi

O‘zbekistonning internet tezligi bo‘yicha jahon reytingidagi pozitsiyasi yaxshilandi

«Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi 2021-yil aprel oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etilgan. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bir yil ichida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) o‘sgan, ya’ni 25,82 Mbit/s.dan (2020-yil aprel holatiga ko‘ra) 39,2 Mbit/s.gacha (2021-yil aprel holatiga ko‘ra). So‘nggi uch yil ichida esa, O‘zbekistonda simli internet tezligi uch barobarga o‘sdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil aprel oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s.dan (2020-yil aprel holatiga ko‘ra) 17,28 Mbit/s.gacha o‘sdi (2021-yil aprel holatiga ko‘ra). Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 78,5 foizga ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring