Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?

Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?

Foto: «Nasamoletah.ru

Samolyotlar asosan oq rangda bo‘ladi. Haqiqatan ham nega? Nega sariq yoki qoramas? Oq rang — moviy osmonda shu rangdagi samolyot yaxshi ko‘rinishi uchun emas yoki oq rang aviasozlar o‘rtasida modaga kirgani ham yo‘q. Buning texnik sabablari bor, deb yozmoqda «Merkur».

— Camolyotlar ham tashqi, ham ichki ta’sirlar tufayli (chunki yuzlab yo‘lovchidan oz muncha issiq chiqadimi) qizib ketish xususiyatiga ega. Kamiga bort texnikasi ham ancha-muncha issiqlik chiqaradi. Parvoz muvaffaqiyatli o‘tishida havo laynerining qizib ketmasligi juda muhim. Oq qoplama esa samolyotni aynan issiqdan himoyalaydi, — deydi Shtutgart aviasozlik universiteti professori Andreas Shtromayer.

Professorning aytishicha, qora rangli buyumlar o‘ziga ko‘p issiq tortib oladi. Agarda samolyotlar qora rangga bo‘yalganida edi, ularni sovitish uchun qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatish kerak bo‘lardi, bu birinchi navbatda yonilg‘i sarfini oshirib yuborar, tabiiyki, samolyotning umumiy ekspluatatsiya xarajatlari ko‘payib ketgan bo‘lardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring