Singapur «raqamli dangasalik»ka qarshi kurash e’lon qildi
Singapurda mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida ReadSG deb nomlangan besh yillik milliy dastur ishga tushirildi. Bu haqda Independent xabar berdi.
Loyiha doimiy ravishda telefon va internetdan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan diqqat susayishi hamda fikrlash qobiliyatining pasayishiga qarshi kurashishga qaratilgan.
Dasturga ko‘ra, aholiga kuniga kamida 15 daqiqa kitob o‘qish tavsiya etilmoqda. Mutolaa vaqtini maxsus ilova yoki saytda qayd etib borgan faol ishtirokchilarga virtual mukofotlar beriladi.
Singapur Milliy kutubxona kengashining ta’kidlashicha, har kungi qisqa muddatli mutolaa odamlar uchun juda foydali. Bunday odat miyani mashq qildirib, katta hajmdagi murakkab ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilish va tushunish ko‘nikmasini rivojlantiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter