Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekspert: «Muddatdan avval saylovlardan keyin Ukrainada Rada estRadaga aylanmasaydi»

Ekspert: «Muddatdan avval saylovlardan keyin Ukrainada Rada estRadaga aylanmasaydi»

Foto: «Zik.ua»

Ayrim siyosatshunoslar muddatdan avval o‘tkaziladigan parlament saylovlaridan keyin Ukraina parlamenti har xil «yulduzlar» bilan to‘lib ketishidan xavotir bildirishyapti. Masalan, ukrainalik siyosiy ekspert Yuriy Gavrilenkoning fikricha,  shu ketishda Oliy Rada Oliy estRadaga aylanib qolishi hech gap emas.

Ekspertning fikricha, har xil shoumenlar, antreprenerlar, qo‘shiqchilar, sportchilar va hokazo «yangi va yosh shaxslar» yig‘ilaverishi oqibatida iqtisodiyotni tushunadigan kishilarni topish amrimahol bo‘lib qolishi mumkin.

«Pensiya jamg‘armasi budjetini to‘ldirishni kim o‘ylaydi, tariflarni-chi? Rada 70-80 foizga yangilanishini, ammo sifati pasayishini hozirdanoq taxmin qilish qiyinmas. Buni 5-chaqiriqdan beri kuzatib kelyapmiz », — dedi Gavrilenko.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Konstitutsion sudi prezident Vladimir Zelenskiyning 8-chaqiriq Oliy radaning vakolatlarini to‘xtatish qarori konstitutsiyaga zid emasligi haqida bayonot bergan. Ya’niki muddatdan avval parlamentga saylovlar o‘tkazish — qonuniy, bu tadbirlar 21-iyulga mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring