Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan tajovuzkor siyosat olib bormaydi

Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan tajovuzkor siyosat olib bormaydi

Foto:«InoSMI»

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan tajovuzkor siyosat olib bormaydi deya bayonot berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan hech qanday tajovuzkor siyosat olib bormaydi. Aksincha, u qo‘shni davlatlar bilan davomli strategiya ishlab chiqish niyatida», — deya aytib o‘tdi Makron YI davlat rahbarlari sammitidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Shuningdek, u bu haqda mayda Sankt-Peterburg shahriga qilgan tashrifi davomida ham aytganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga u Yevropa ittifoqi kollektiv xavfsizlik va haligacha yechimi topilmagan Ukraina inqirozi muammolarini e’tiborsiz qoldirmasligini, Rossiya va Ukraina Minsk kelishuvi shartlarini bajarishda o‘zaro til topishishadi deb umid qilishini ham aytib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring