Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juma davlat xizmatchilari uchun dam olish kuniga aylantirildi — Shri-Lanka

Juma davlat xizmatchilari uchun dam olish kuniga aylantirildi — Shri-Lanka

Foto: «Mint»

Shri-Lankada davlat xizmatchilari o‘z tomorqalarida ekin-tikin bilan shug‘ullanishlari uchun haftaning juma kunlari dam olish kuni, deb e’lon qilindi. Mamlakat hukumati kutilayotgan oziq-ovqat inqirozining oldini olish uchun ushbu chorani qo‘lladi, deb xabar berdi «The Guardian».

Davlat xizmatchilari, shuningdek, chet elga chiqib ishlab kelishga chaqirilmoqda. Davlat ishida ishlovchi 1,5 million kishidan istagani xorijga ishlashga chiqmoqchi bo‘lsa, unga mehnat staji va pensiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan besh yilgacha to‘lanmaydigan ta’til olish huquqi beriladi, deyiladi hukumat bayonotida. Xorijga ketib ishlovchilar vataniga yuboradigan pullar iqtisodiy tanazzulga uchrab, xorijiy valyuta taqchilligini boshdan o‘tkazayotgan Shri-Lanka o‘zini tiklab olishi uchun juda muhim.

Shri-Lanka $51 mlrd tashqi qarzi bo‘yicha defolt e’lon qilgandi. Mamlakat moliyaviy yordam olish uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Koronavirus pandemiyasi Shri-Lanka uchun qattiq zarba bo‘ldi: asosiy daromad manbalaridan biri — turizmni izdan chiqardi, qolaversa, xorijda ishlovchi mamlakat fuqarolaridan valyuta kelishi ham keskin qisqardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring