Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti egalari nomi e’lon qilindi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti egalari nomi e’lon qilindi

Amerikalik Mungi Bavendi, Luic Bryus va Aleksey Yekimovlar kvant nuqtalarining kashfiyoti va sintezi uchun kimyo bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofotini qo‘lga kiritdilar.

Nobel qo‘mitasi bayonotida aytilishicha, «bu mayda zarralar o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ular televizor ekranlaridan yorug‘lik chiqaradi va LED lampalarda qo‘llaniladi. Ular kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi va jarrohlarga o‘simta to‘qimasini olib tashlashda ham yordam beradi».

O‘tgan yili ushbu mukofot Karolin Bertotssi (AQSh), Morten Meldal (Daniya) va Barri Sharplessga (AQSh) berilgan edi.

Avvalroq Katalin Kariko (Vengriya) va Dryu Vaysman (AQSh) 2023-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha bo‘yicha Nobel sohibi bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring