Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR ilk bor xalqaro kuzatuvchilarga o‘zining yadroviy qurollarini ko‘rsatadi

KXDR ilk bor xalqaro kuzatuvchilarga o‘zining yadroviy qurollarini ko‘rsatadi

Shimoliy Koreya ilk bor xalqaro kuzatuvchilarga o‘zining yadroviy qurollarini ko‘rsatadi, shuningdek, qit’alararo raketalarini ham yo‘q qilishga tayyor. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

To‘liq denuklearizatsiyaning shartlari va yo‘llari ayni damda KXDR va AQSh rahbarlarining uchrashuviga tayyorlanish chog‘ida muhokama qilinmoqda.

Xabar qilinishicha, MRB xodimlari va yadroviy mutaxassislardan iborat guruh aprel oyining oxirida KXDRga borib, u yerda bir haftaga yaqin bo‘lishgan. Natijada KXDR xalqaro nazoratchilarni o‘zining yadroviy qurollari bilan tanishtirish va qit’alararo raketalarini yo‘q qilishga rozi bo‘lgan. O‘z navbatida bu chora-tadbirlarning muddati va Shimoliy Koreya buning evaziga nimaga ega bo‘lishi muhokama qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring