Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega mamlakatlar poytaxtlarini o‘zgartirib turadi?

Nega mamlakatlar poytaxtlarini o‘zgartirib turadi?

Foto: «112.ua»

Misr o‘z poytaxtini sharqqa ko‘chirmoqda — hukumat eski poytaxtdan 45 kilometr uzoqlikdagi Yangi Qohiraga 2020-yilning o‘rtalaridan ko‘chib o‘tadi. Bu haqda «Regnum» Misrning «Al-Ahram» axborot agentligiga asoslanib xabar bergandi.

Barcha hukumat idoralari, hatto barcha chet el elchixonalari Yangi Qohiraga ko‘chib o‘tadi.

Nega poytaxt ko‘chirilmoqda?

Chunki Eski Qohirada aholi haddan ziyod ko‘payib ketgan (20 million kishi) hamda transport tizimi juda muammoli.

Yangi Qohira

Yangi poytaxtda zamonaviy infratuzilma bo‘ladi, aholisi 5 milliondan oshmaydi.

Nega mamlakatlar poytaxtlarini o‘zgartirib turadi?

Buni ayrim mamlakatlar misolida ko‘rib chiqamiz.

Braziliya

Brazilia

Xuddi yuqoridagi kabi muammo sabab, 1960-yili Braziliya poytaxti okean bo‘yidagi Rio-de-Janeyrodan qit’a ichkarisida maxsus qurilgan yangi poytaxt — Brazilia shahriga ko‘chirilgan. Bu shaharni qurishga 2 trln. dollar sarflanishiga qaramay, mamlakatda favelalar (xarobalar) soni kamaymadi.

Nigeriya

Abuja

Poytaxt Lagosda aholi soni o‘sishi nazorat qilib bo‘lmas darajaga yetganidan so‘ng, 1991-yilda Nigeriya hukumati poytaxtni 1828-yilda qurilgan Abujaga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Nega aynan bu shahar tanlandi? Bunda shaharning etnik neytralligi muhim ahamiyat kasb etdi — birgina shu yerda mamlakatdagi uch asosiy xalq tinch-totuv yashamoqda.

Qozog‘iston

Ostona

Qo‘shni mamlakat 1997-yili o‘z poytaxtini Olmaotadan Ostonaga ko‘chirishi zamirida boshqa sabab yotibdi. Olmaota hududining kattaligi bo‘yicha jahonda to‘qqizinchi o‘rinda turuvchi Qozog‘istonning bir chekkasida joylashgan, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga yangi kuch berish maqsadida tom ma’noda yangi poytaxt uchun uning yuragi — qoq markazi tanlandi.

Myanma

Neypido

Bu mamlakat ham poytaxtini 2005-yili okean bo‘yidan qit’a ichkarisiga ko‘chirdi. Aniq sababi keltirilmagan bo‘lsada, bir fakt aniq: eski poytaxt Yangonga muntazam dengiz to‘fonlari xavf solib turardi, yangi poytaxt Neypido esa birmuncha ichkarida joylashgan.

Palau

Ngerulmud

Tinch okeanidagi jimitdekkina Palau mamlakati 2006-yili poytaxtini 10,5 ming kishi yashovchi Koror shahridan yangi qurilgan Ngerulmudga ko‘chirdi. Bu yerda atigi bitta bino — Kapitoliy bor, hukumat shu yerda faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring