Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nomzodga pora bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Nomzodga pora bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto:«Vesti»

Ukraina prezidentligiga nomzod – Yuriy Timoshenkoga (Yuliya Timoshenko emas!) pora berishga uringanlar qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Pora miqdori 187 ming AQSh dollari ekani aytilmoqda.

Yuriy Timoshenko – Ukraina prezidentligiga da’vogar 39 nafar nomzodlardan biri. U yana bir nomzod – mamlakat sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoga hech kim emas. Bor-yo‘g‘i saylovdagi siyosiy raqib, xolos. Ilgari jamoa xo‘jaligi, qurilish tashkilotlarida bo‘yoqchiyu haydovchilik qilgan Yuriy Timoshenko Ukrainadagi notinchliklar ortidan «Xalq fronti»ga ko‘ngilli sifatida qo‘shilgan. So‘ng Ukraina parlamenti deputatligiga saylanadi.

Uning nomzodi prezidentlikka ko‘rsatilishi sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoning tinchini buzishi tabiiy. Shu sabab ham Ukrainaning mashhur siyosatchilaridan bo‘lgan Timoshenko xonim familiyadoshining nomzodlar safida paydo bo‘lishini shunchaki «o‘yin» deb baholamoqda. Bundan maqsad saylovchilarni chalg‘itish va shu orqali o‘ziga berilajak ovozlarni familiyadoshiga «o‘tib ketishiga» imkoniyat yaratish, xolos. Shu sabab Yuliya Timoshenko Yuriy Timoshenkoning nomzodini ro‘yxatdan o‘chirib tashlashni talab kelayotgan edi.

Yuriy Timoshenkoga kim pora berishi mumkin? Albatta, gumon avvalo Yuliya xonimga tushishi ehtimoli katta. Shu paytgacha siyosat sahnasida qorasi ko‘rinmagan Yuriy Timoshenko birdaniga prezidentlikka nomzod sifatida paydo bo‘lishini shunchaki tasodif deyish qiyin. Bunday sirli nomzod Yuliya Timoshenkodan boshqa da’vogarning manfaatlariga daxl qilmaydi.

Ukrainada prezidentlik saylovi shu yilning 31 mart kuni o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring