Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon rahbari: NATO hech qachon Rossiya bilan muzokaralardan bosh tortmaydi

Pentagon rahbari: NATO hech qachon Rossiya bilan muzokaralardan bosh tortmaydi

Foto:«National Review»

Pentagon rahbari Jeyms Mettis NATO hech qachon Rossiya bilan muzokaralardan bosh tortmasligini aytdi. U Bryusselda bo‘lib o‘tadigan alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishiga ketayotib ushbu fikrni bildirgan. Bu haqda «Aif.ru» xabar berdi.

Mettis shuningdek NATO hech qachon Rossiya bilan aloqalarni tiklashga harakat qilishdan to‘xtamasligini aytgan.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, «Rossiya kuch ishlatish yo‘li bilan Yevropada chegaralarini o‘zgartirgani hamda AQSh va Yevropa mamlakatlaridagi saylovlarga aralashgani uchun alyans «javob berishi»ga to‘g‘ri keladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring