Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lavrov Rossiya va Xitoyni dunyodagi barqarorlik va xavfsizlik garovi deb atadi

Lavrov Rossiya va Xitoyni dunyodagi barqarorlik va xavfsizlik garovi deb atadi

Foto:«Izvestiya»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 23-aprel kuni Xitoyga bordi va Xitoy TIV rahbari Van I bilan uchrashdi. Bu haqda «TASS» xabar qilmoqda.

«Rossiya va Xitoyning xalqaro huquqlarga qat’iy rioya qilish borasida birgalikdagi sa’y-harakatlari dunyodagi barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashda asosiy ahamiyatga ega», — dedi Lavrov uchrashuv chog‘ida.

Vazirning aytishicha, Xitoy bilan strategik sherikchilik Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. «Bu yil ham aloqalarimiz qizg‘in kechishiga umid qilamiz», — deya ta’kidlagan Lavrov.

O‘z navbatida Van I Rossiya-Xitoy munosabatlari mustahkamlanishidan ikkala davlat ham manfaatdor ekanini e’tirof etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring