Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy Hindiston bilan hududiy bahsga AQShni aralashmaslikka chaqirdi

Xitoy Hindiston bilan hududiy bahsga AQShni aralashmaslikka chaqirdi

Foto: Eurasian Research Institute

Xitoy Hindiston bilan hududiy bahsga AQShni aralashmaslikka chaqirdi. Bugun, 21-mart kuni XXR TIV rasmiy vakili Lin Szyan Xitoy ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda bayonot berishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi bahsli hudud masalasining Vashingtonga taalluqli hech qanday joyi yo‘q.

«Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi chegara delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani yo‘q. «Szannan (Arunachal-Pradeshning xitoycha rasmiy nomi) doim Xitoy hududi bo‘lgan. Bu muhokama qilinmaydigan asosli fakt. Xitoy-Hindiston chegarasi masalasi Xitoy va Hindiston tomonidan hal qilinadi, AQShga hech qanday aloqador joyi yo‘q», — dedi Lin Szyan.

«AQSh turli usullar bilan boshqa mamlakatlarning o‘zaro bahslarini qo‘zg‘ashi va o‘z egoistik geosiyosiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi yaxshi ma’lum», — qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi bosh o‘rinbosari Vedant Patelning Qo‘shma Shtatlar «Arunachal-Pradeshni Hindiston hududi deb tan olishi» haqidagi bayonotidan bir necha soat o‘tib, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi javob bayonotini berdi.

Hindiston Xitoyning Arunachal-Pradeshga hududiy da’volarini bir necha marta qaytarib, bu shtat mamlakatning ajralmas qismi ekanini ta’kidlab keladi.

Ma’lumot uchun: Arunachal-Pradesh — Hindiston shimoli-sharqida joylashgan tog‘li shtat. Hududi — 83,73 ming kvadrat kilometr. Aholisi — 1,4 mln atrofida, 80 dan ortiq millatlar yashaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring