Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi yog‘ingarchilik 445 kishining umriga zomin bo‘ldi

Hindistondagi yog‘ingarchilik 445 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: «aa.com»

Hindistonda davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelayotgan sel va ko‘chkilar 445 kishining umriga zomin bo‘ldi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Hindistonning Kerala shtatida iyun oyida boshlangan musson yomg‘irlari tufayli yuzaga kelayotgan sel va ko‘chkilar 445 kishining yostig‘ini quritgan. Sel sababli 15 kishi bedarak yo‘qolgan, 800 ming kishi tabiiy ofatdan jabrlangan, 5645 kishi esa chodirlarga joylashtirilgan.

Odamlar yomg‘irning tinishini, suv sathining pasayishini hamda uylariga tezroq qaytishni intizorlik bilan kutishyapti.

Tabiiy ofat keltirgan zarar miqdori 3 milliard AQSh dollari ekani tahmin qilinmoqda.

Bu yilgi musson yomg‘irlari Hindistonning 7 ta shtatiga juda katta talafon yetkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring