Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahmadjon Meliboyev «Jahon adabiyoti»ga, Qulman Ochilov «Hurriyat»ga bosh muharrir bo‘ldi

Ahmadjon Meliboyev «Jahon adabiyoti»ga, Qulman Ochilov «Hurriyat»ga bosh muharrir bo‘ldi

Bugun, 11-may kuni O‘zbekistondagi taniqli bosma nashrlardan biri — «Jahon adabiyoti» jurnali rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi.

Shu paytga qadar jurnalni boshqarib kelgan Shuhrat Rizayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimini tark etdi.

Uning o‘rniga taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev tayinlangan.

Shuningdek, kuni kecha «Hurriyat» mustaqil gazetasiga ham yangi bosh muharrir tayinlandi. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga o‘tgan O‘ktam Mirzayorov o‘rnini Qulman Ochilov egalladi. U shu paytga qadar «Pravda Vostoka» gazetasi mas’ul kotibi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring