Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-apreldan yangi avtomobillarga davlat raqamlarini davlat xizmatlari markazlari beradi

1-apreldan yangi avtomobillarga davlat raqamlarini davlat xizmatlari markazlari beradi

Toshkent shahar IIBB YHXB 2019-yil 1-apreldan avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olishni Davlat xizmatlari agentligiga topshiradi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

1-apreldan yangi avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tish davlat raqam belgilarini olish uchun Toshkentdagi 11 ta «Yagona darcha»dan istalgan biriga murojaat qilish mumkin.

Hozircha transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish YHXB ixtiyorida qoladi. Zarur infratuzilma ishlari tugatilgach, bu xizmat ham Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring