Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AI-80 markali benzin arzonlashmoqda

AI-80 markali benzin arzonlashmoqda

Foto: Xabar.uz

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ bilan birgalikda AI-80 markali benzin mahsuloti boshlang‘ich narxlari shakllanilishi yuzasidan o‘tkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi ba’zi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 so‘mdan 6 500 so‘mga yoki 16 foizga arzonlashtirilishiga erishildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Birja savdolarida joriy yil 10-14 yanvardagi AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi uchun 2021 yil 15-19 noyabrdagi haftalik kotirovkaga nisbatan o‘rtacha 9,6 mln so‘mdan 6,7 mln so‘mgacha yoki 30 foizga pasayishiga erishildi, deyiladi xabarda.

Ko‘rilayotgan choralar o‘z navbatida, ichki bozorda chakana narxlar pasayishiga ijobiy ta’sir etdi va AYoQShlarda sotilayotgan AI-80 markali benzin narxlari 6 000-6 500 so‘mgacha yoki 25 foizgacha arzonlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring