Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Galaxy S26 Ultra kamerasi iPhone darajasiga chiqadi

Galaxy S26 Ultra kamerasi iPhone darajasiga chiqadi

Samsungning navbatdagi yangi flagmani — Galaxy S26 Ultra bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kompaniya bu safar megapiksellar bilan emas, real surat sifati bilan raqobatchilarni ortda qoldirishni rejalashtirmoqda.

Asosiy yangilik 24 megapikselli yangi standart rejimda ishlay olish qobiliyati. Hozirgacha Samsung flagmanlari 12 MP yoki 200 MP rejimda ishlardi. Endi esa S26 Ultra 24 MP bo‘yicha ishlaydi.

Bu rejim yuqori aniqlik va yorug‘lik muvozanatini birlashtirib, ancha tabiiy, tiniq va detallarga boy suratlar olish imkonini beradi. Apple ham iPhoneda aynan shunday yondashuvdan foydalanadi.

Eng muhim tomoni — bu rejim alohida “professional” ilovada emas, oddiy kamera ilovasining o‘zida ishlaydi. Ya’ni, endilikda siz hech narsani sozlamasdan turib ham yuqori sifatli suratlar olishingiz mumkin.

Texnik jihatdan esa S26 Ultra hanuz 200 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli ultra keng burchak, va kuchli zum modullarini saqlab qoladi.

Lekin yangi 24 MP rejim bu kuchli sensorlarni real hayotda ancha samarali ishlatadi. Masalan, kam shovqin, to‘g‘ri ranglar va yaxshi sifatli kechki suratlar.

Bu yangilik shuni anglatadiki, Samsung nihoyat megapiksel poygasidan chiqib, haqiqiy foto sifatiga o‘tyapti. Bu esa Galaxy S26 Ultrani mobil fotografiya bo‘yicha iPhonening eng jiddiy raqibiga aylantiradi.

Galaxy S26 Ultra 2026-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, Samsung tarixidagi eng kuchli kamerali smartfon paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring