Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» apreldan narxlarni oshiradimi?

«GM Uzbekistan» apreldan narxlarni oshiradimi?

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyidan boshlab «GM Uzbekistan» avtomobillari narxi 15 foizga oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida kompaniya vakili bilan bog‘landik. Uning aytishicha, bu haqda hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

«Bugun dam olish kuni bo‘lgani uchun ham aniq va rasmiy ma’lumot bera olmayman. Lekin ayni paytda kompaniyada bunday ma’lumot yo‘q.

«GM Uzbekistan» avtomobillari narxini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuning uchun ba’zida, hattoki, rahbarlar ham mashinalar narxi oshirilishi haqida bir necha kun oldin xabar topishadi.

Kompaniyaning barcha rasmiy ma’lumotlari rasmiy saytimizda beriladi», — dedi kompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi farmoni ijrosi doirasida 5-sentyabrdan «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar chakana narxlari milliy valyuta — so‘mda belgilangan va ular avvalgi narxlarga nisbatan o‘rtacha 25—30 foizga yuqorilagan edi. 

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring