Rejissyor va ssenariynavis Shahnoza Jamilova vafot etdi
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, iste’dodli kinorassom, ssenariynavis va rejissyor Shahnoza Jamilova vafot etdi.
U milliy kinematografiyamizda o‘z o‘rniga ega ijodkorlardan biri edi. “Tilla buva” hamda “Parallel kesishmaydi” kabi filmlarning ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori sifatida tomoshabinlarga yaxshi tanish. Shuningdek, qator filmlarda postanovkachi-rassom sifatida faoliyat yuritib, asarlarning badiiy yechimini yaratishga munosib hissa qo‘shgan.
Asosiy mutaxassisligi musavvirlik bo‘lgan Shahnoza Jamilova san’atga tasviriy tafakkur orqali kirib kelgan ijodkorlardan edi. Uning filmlarida rang, kompozitsiya va kadr estetikasi alohida o‘rin tutadi. Shu jihatdan u rejissyorlikka o‘zgacha nigoh, o‘ziga xos badiiy uslub olib kirgan edi.
Xabar.uz jamoasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter