Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘hna traktorni «Lamborghini» narxida — 500 ming dollarga sotishmoqchi (video)

Ko‘hna traktorni «Lamborghini» narxida — 500 ming dollarga sotishmoqchi (video)

Foto: «Autoevolution»

AQShdagi Aumann auksioniga 1912-yilda ishlab chiqarilgan «Pioneer 30-60» traktori sotuvga qo‘yildi.

Ko‘hna traktorni «Lamborghini Aventador» narxida — 500 ming dollar (!)ga sotishmoqchi.

Amerikaning «Pioneer» (audiotizimlar chiqaruvchi yapon kompaniyasi bilan adashtirmang) kompaniyasi 1900–1927-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqargan. «Pioneer 30-60» traktorlari 1910–1927-yillarda chiqarilgan. O‘z davri uchun ham arzon texnika bo‘lmagan — 2 700 dollar, hozirgi kursda — $77 500.

«Pioneer 30-60» traktorlaridan bugungacha faqat 14 tasi yetib kelgan, shunga narxi qimmat. Qolaversa, traktor yaxshi saqlangan, 1993-yilgacha muzeyda turgan, 1997 yilda to‘liq qayta ta’mirlangan.

Traktor ko‘rinishidan lokomotivni eslatadi, ort g‘ildiraklari diametri — 2,4 metr. Shinalari esa yo‘q.

«Pioneer 30-60» kapoti ostida to‘rt silindrli ulkan oppozitiv benzinli divigatel joylashgan (sig‘imi — 20,2 litr). 60 ot kuchiga ega, maksimal tezligi — atigi 10 km/s.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring