Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqariladi

SamAuto 2021-2022-yillarda elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Yo‘lovchilarning ushbu turdagi transportga talablarini aniqlash uchun kompaniya «Toshshahartransxizmat» AJga sinov elektrobusini taqdim etdi.

2020-yil 19-noyabr kuni SamAuto kompaniyasi 51-yo‘nalish (Yunusobod 6 kvartal – Beshyog‘och maydoni) bo‘yicha harakatlanadigan sinov elektrobusini «Toshshahartransxizmat» AJga taqdim etdi.

«Ushbu elektrobus elektrotransport ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bir martalik quvvatlantirish hisobiga 300 km masofani bosib o‘tadi, bu shahar avtobusining o‘rtacha bir kunlik masofa bosishiga mos keladi. To‘liq quvvatlantirishni elektr tarmog‘iga yuklama kamroq bo‘lgan paytda 3-4 soat ichida bajarish mumkin. Elektrobuslar xizmat ko‘rsatish jihatidan sodda, shovqinsiz hamda gaz va dizel transportiga qaraganda kam harajat talab qiladi», — dedi SamAuto bosh direktori o‘rinbosari, marketing va sotuvlar bo‘limi rahbari Ilhom Yarashev.

Elektrobusning uzunligi 12 metrni, yo‘lovchilarni tashish hajmi — 76 kishini tashkil qiladi. Uning poli past: zinapoyalar va podiumning yo‘qligi tufayli yo‘lovchilar (shu jumladan pensionerlar, aravachalarda harakatlanuvchi yo‘lovchilar, alohida ehtiyojli kishilar) salon bo‘yicha erkin harakatlana oladilar. Shuningdek, elektrobus videokuzatuv kamerasi va avtomatik havo namligini saqlash va isitish tizimi bilan jihozlangan.

2030-yilgacha Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston ijtimoiy transportining kamida 50 foizi zararli moddalarni havoga chiqarishni kamaytirish uchun muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring