Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi rusumdagi avtomobil ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda yangi rusumdagi avtomobil ishlab chiqariladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda kelgusida ikkita yangi avtomobil modeli ishlab chiqariladi. Bu 2022-2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasidagi «Yo‘l xaritasi» loyihasida so‘z boradi.

Loyihada qayd etilishicha, avtomobilsozlik sohasida kooperatsiyani yanada rivojlantirish hisobidan ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar, eksport hajmini esa 2 barobar oshirish rejalashtirilgan.

Sanoatdagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida:

  • yangi integratsiyalashgan global platformaga o‘tish bilan yillik quvvati 190 000 dona yengil avtomobillarning 2 ta yangi modelini ishlab chiqarish boshlanadi;
  • UzAuto Motorsning Xorazm viloyati filiali quvvati 70 mingdan 100 mingtaga oshadi.

Shuningdek, hukumat 2026 yilgacha eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi.

Shu tarzda:

  • SCD texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;
  • yiliga 30 mingtagacha «Nexia» avtomobilini eksport qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring