Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan «inomarka»lar olib kelinadi?

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan «inomarka»lar olib kelinadi?

2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 390,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2331 taga kamaygan.

9 oyda 558 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar:

  • Xitoy – 4 981 ta
  • Koreya – 4 644 ta
  • Rossiya – 3 386 ta
  • Qozog‘iston – 2 789 ta
  • Polsha – 997 ta
  • AQSh – 427 ta
  • Litva – 427 ta
  •  Tailand – 250 ta
  • Germaniya – 93 ta
  • Yaponiya – 72 ta
  • Turkiya – 25 ta.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring