Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tonirovka narxlarini pasaytirish ko‘zda tutilmagan

Tonirovka narxlarini pasaytirish ko‘zda tutilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan boshlab avtotransport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxi tushishi kutilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

«Avtotransport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxlari pasayishi bo‘yicha Hukumat qarori ishlab chiqilmaganligini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud», — deyiladi IIV YHXBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring