Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ekskavator yuk mashinasidan tushib ketdi

Toshkentda ekskavator yuk mashinasidan tushib ketdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda ekskavator yuk mashinasidan tushib ketdi. Hodisa Maxtumquli ko‘chasi va kichik halqa yo‘li kesishgan chorrahada ro‘y bergan. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar berdi.

Hozircha hodisaga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Chorrahada yo‘l-transport hodisasi alomatlari yo‘q. Yon-atrofda shikastlangan boshqa transport vositalari ko‘rinmaydi.

Ushbu vaziyatda og‘ir texnika vositasini yuk mashinasiga yuklashda yoki yuk mashinasini boshqarishda texnika xavfsizligiga amal qilinmaganini taxmin qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring