Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transport vositalarini asossiz to‘xtatib tekshirish taqiqlandi

Transport vositalarini asossiz to‘xtatib tekshirish taqiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VMQ-975, 01.12.2018-y.) tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

  • yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd qilinganda;
  • transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasiga aloqador ekanligi haqida ma’lumotlar bo‘lganida;
  • yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganligini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelganida;
  • harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarishda;
  • transportdan majburiy tartibda foydalanishga to‘g‘ri kelganida;
  • maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;
  • transportdan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, transport va yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

Boshqa asoslarga ko‘ra transportning to‘xtatilishi taqiqlanadi.

Transport hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirishda aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘riladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring