Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YPX maskaniga yuk mashinasi tiqilib qolmagan» — YHXX

«YPX maskaniga yuk mashinasi tiqilib qolmagan» — YHXX

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati, Zomin tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-376 avtomobil yo‘lida joylashgan «Yakkabog‘-15» muntazam YPX maskanidan katta hajmdagi yuk ortilgan transport vositasi harakatlanib o‘tayotgan vaqtda mazkur jarayon atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan. Ushbu video tarmoqlarda go‘yoki yukning tepa qismi YPX maskanidagi ustunga tegib qolganligi haqidagi izohlar bilan tarqatilgan.

Mazkur xabarlar asossiz bo‘lib, katta hajmdagi yuk ortilgan transport vositasi ushbu YPX maskanidan harakat xavfsizligi ta’minlangan holda, mas’ul xodimlarning nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan olib o‘tilgan.

O‘tish jarayonida atrofdagi biron jihoz yoki ortilgan yukka ziyon yetmagan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring