Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors «Nexia» puliga yap-yangi «Tracker» taklif qildi

UzAuto Motors «Nexia» puliga yap-yangi «Tracker» taklif qildi

Foto:«Wroom.ru»

UzAuto Motors kompaniyasi «Chevrolet Nexia» narxi evaziga «Chevrolet Tracker» xarid qilish imkoni mavjud bo‘lgan navbatdagi aksiya haqida e’lon qildi.

Buning uchun xaridor «Chevrolet Tracker» avtomobilining 40% pulini to‘lab, qolganini 2 yil foizsiz to‘lashi lozim bo‘ladi.

Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda xatardan sug‘urtalash aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Aksiya e’lon qilingan kundan e’tiboran 2019-yilning 30-sentyabriga qadar amal qiladi.

Avtomobillar soni chegaralangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring