Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YHXB vakili: kunduzi chiroqlarni yoqib yurish bo‘yicha jarima to‘laganlarning puli qaytarilmaydi

YHXB vakili: kunduzi chiroqlarni yoqib yurish bo‘yicha jarima to‘laganlarning puli qaytarilmaydi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Adliya vazirligi tomonidan «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qarori bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanda kunduzi faralarni yoqib yurish bo‘yicha qoidani buzgani uchun jarima to‘laganlar puli qaytariladimi, degan savol o‘rtaga tashlandi.   IIV YHXB bo‘lim boshlig‘i Azizxon Murodovning aniqlik kiritishicha, jarima to‘laganlar pullari haydovchilarga qaytarib berilmaydi.

Lekin o‘z navbatida bayonnoma rasmiylashtirilgan, lekin jarima pulini to‘lashga ulgurmaganlar to‘lovdan ozod etiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra avtotransport vositalarining barcha turlari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqib yurish haqidagi qoida 2021-yilning 1-yanvariga qadar qoldirilgandi. Shu tariqa ba’zi istisnolarni inobatga olmaganda, kunduzi chiroq yoqib yurish endi vaqtincha talab qilinmaydi.

Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:
• transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
• yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
• bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
• xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
• mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
• mototsikl va mopedlarda.

Hujjatga ko‘ra, «faralar» bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring