Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shaytanat» 14-maydan efirga chiqishi rejalashtirilmoqda

«Shaytanat» 14-maydan efirga chiqishi rejalashtirilmoqda

Kadr: «YouTube»

Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan «Shaytanat» seriali ertaga, 1-maydan boshlab «O‘zbekiston» telekanalida efirga uzatila boshlashi haqida xabar bergan edik.

Bizga ma’lum qilishlaricha, bugun, 30 aprel kuni film haqidagi ko‘rsatuv suratga olinadi, efirga ketmaydi. Suratga olishdan so‘ng, ko‘rsatuv sifatida tayyorlanib, 2018-yil 14-may kuni 1 soatlik tok-shou efirga uzatiladi va undan keyin «Shaytanat» serialining namoyishi boshlanishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, sevimli adibimiz Tohir Malikning «Shaytanat» asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.

Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan «Shaytanat» seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring