Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berildi

Foto: «Xabar.uz»

Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Farmon bilan mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan:

  • yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’yektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;
  • jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;
  • xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;
  • xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring