Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

600 yilda ilk bor! Sanoqli soatlardan so‘ng Yer yuzida noyob hodisa ro‘y beradi

600 yilda ilk bor! Sanoqli soatlardan so‘ng Yer yuzida noyob hodisa ro‘y beradi

Foto: «Chance4traveller.com»

Bugun — 19-noyabr, juma kuni Amerika, Shimoliy Yevropa, Sharqiy Osiyo va Avstraliyadan kuzatsa bo‘ladigan qisman Oy tutilishi kutilmoqda.

Bu 2021-yildagi oxirgi Oy tutilishi va 500 yildan ortiq davom etgan eng uzun qisman Oy tutilishidir.

Qisman tutilish bosqichi 3 soat 28 daqiqa 24 soniya davom etadi, to‘liq tutilish — 6 soat 1 daqiqa, shuningdek, 1440-yildan 2699-yilgacha bo‘lgan eng uzun qisman Oy tutilishi hisoblanadi.

Oy GMT bo‘yicha soat 06:02 da (Toshkent vaqti bilan soatda 11:02 da) Yerning yarim soyasiga cho‘ka boshlaydi. Uning eng katta tutilishi vaqti GMT bo‘yicha soat 09:02 da (Toshkent vaqti bilan soatda 14:02 da), Oy o‘zining apogeyasiga chiqishidan 1,7 kun oldin sodir bo‘ladi.

Butun hodisa taxminan olti soat davom etadi, ammo dunyoning turli burchaklaridagi kuzatuvchilar uning faqat parchalarini ko‘rishlari mumkin.

Qisman Oy tutilishi Yer Quyosh va Oy o‘rtasidan o‘tganda sodir bo‘ladi, lekin ular bir tekisda turmaydi, yo‘ldosh ko‘rinadigan yuzasining faqat bir qismi Yer hosil qilgan soyaga tushadi.

Aksariyat mamlakatlardagi kuzatuvchilar Oy yuzasining 97 foizi sayyoramiz soyasiga tushishini ko‘rishadi.

Ikki hafta o‘tgach ushbu hodisadan so‘ng 4-dekabrda to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladi. Bu hodisalarning barchasi tutilish mavsumida sodir bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring