Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XXI asrning eng uzun «Koinot spektakli» (foto)

XXI asrning eng uzun «Koinot spektakli» (foto)

Foto: «Hi-News.ru»

Dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari XXI asrning eng uzun Oy tutilishini tasvirga olib, internetga joyladilar.

Oy tutilishini sayyoramizning barcha qit’alarida: Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerikada tomosha qilish imkoni bo‘ldi. Hatto Antarktidada, Sibirning muayyan hududida, Shimoliy Amerikada ham tabiat hodisasi, qisman bo‘lsa-da, ko‘rindi.

Qator tasvirlarda Oy Yer soyasiga tushgach, binafsha-qizil rangga burkangani ko‘ringan.

Oy tutilishi jarayoni juma kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.24 da boshlanib, shanba kuni 03:16 gacha davom etdi. Oyning butunlay tutilishi 00.30 dan 02.13 gacha kuzatildi. O‘zbekistonliklar ham «Koinot spektakli»ni  to‘liq kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ushbu tabiat hodisasi joriy asrning eng uzun Oy tutilishi, deya baholanmoqda.

«RIA Novosti»ning ma’lum qilishicha, XXI asrda 225 marta Oy tutilishi kuzatiladi. Ulardan 85 tasida Oy to‘liq tutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring