Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprelning so‘nggi kunida harorat 38 darajagacha chiqadi

Aprelning so‘nggi kunida harorat 38 darajagacha chiqadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 30-aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +16 ... +18 daraja, kunduzi +28 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +14 ... +19 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Termizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +30 ... +35, Termizda kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +15 ... +20, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring