Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakada «Labo» haydovchisi to‘xtab turgan yuk avtomobiliga borib urildi

Asakada «Labo» haydovchisi to‘xtab turgan yuk avtomobiliga borib urildi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 2-may kuni soat 14:00larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, Yangisor ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. «Labo» rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-53» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Natijada «Labo» rusumli avtomobil haydovchisi U.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tuman IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring