Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda avtobus yondi. Halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda avtobus yondi. Halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin

Foto: «112 Ukraina»

Bugun, 18-yanvar kuni Qozog‘istonda «Ikarus» rusumli yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston IIVning favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Oqto‘ba viloyati Irgiz tumani hududida Samara - Chimkent trassasida ro‘y bergan. Avtobus to‘satdan yo‘lda yona boshlagan. Salonda 55 yo‘lovchi va 2 haydovchi bo‘lgan. 52 kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda yo‘lovchilarning fuqaroligi aniqlanmoqda, deyiladi vazirlik xabarida. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra esa, halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar bo‘lishi mumkin.

Biz ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landik. Ularning xabar berishicha, hozirda vaziyat o‘rganilmoqda, tez orada rasmiy ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring