Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bedarak yo‘qolgan 16 yoshli qizning taqdiri ma’lum bo‘ldi

Bedarak yo‘qolgan 16 yoshli qizning taqdiri ma’lum bo‘ldi

5 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Oydin Tursunova topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

U hozirda voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish markaziga joylashtirildi.

«Nurli diyor» mahallasida yashovchi fuqaro Abduraxmanova Oygul 27-yanvar kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan qizi Tursunova Oydin 2024-yilning 5- yanvar kuni taxminan soat 16:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganini aytgan hamda uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Tursunova Oydin 2008-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, maktabda 9-sinf o‘quvchisi, Termiz tumani, «Nurli Diyor» mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashaydi.

Termiz tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring