Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bola kir yuvish mashinasiga kirib, vafot etdi

Bola kir yuvish mashinasiga kirib, vafot etdi

Foto: «Mycentriq.com»

Yangi Zelandiyada maktabgacha yoshdagi bola kir yuvish mashinasiga kirganidan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar bermoqda.

Hodisa 19-fevral kuni kechqurun Kraystcherch shaharchasida sodir bo‘lgan. Kattalar kir yuvish mashinasini ishga tushirganidan keyingina bolani payqab qolishgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi hushsiz holda mahalliy shifoxonaga yetkazilgan va ko‘p o‘tmay u yerda hayotdan ko‘z yumgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Bugun, 21-fevral kuni vafot etgan bolaning uyida yaqinlari to‘planishdi. Politsiya o‘limni shubhali deb hisoblamayapti.

Mutaxassislar ota-onalarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda. Chunki qiziquvchan bolalar mashinaga bildirmasdan kirib olishi, bundan bexabar kattalar bilmasdan mashinani ishga tushirib yuborishi va buning oqibatida shu kabi ayanchli fojialar bilan yakun topishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring