Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bulung‘urda bir kishi konservadan zaharlanib vafot etdi, yana bir bemor og‘ir ahvolda

Bulung‘urda bir kishi konservadan zaharlanib vafot etdi, yana bir bemor og‘ir ahvolda

Joriy yilning 7-fevral kuni bulung‘urlik 2001-yilda tug‘ilgan I.E. tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan.

Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng unga botulizm tashxisi qo‘yildi.

Tibbiy surishtiruv davomida bemor qishloqdoshi A.T.xonodonida bir kun oldin besh nafar kishi bilan palov va uy sharoitida tayyorgan konserva (marinovka) iste’mol qilganligi aniqlandi, deya xabar qildi Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Tezkor tadbir davomida tez tibbiy yordam mashinasida A.T., uning turmush o‘rtog‘i G.T., o‘g‘li Sh.T va qo‘shnisi B.B.lar shifoxonaga olib kelindi.

Muolajalarga qaramasdan I.E.ning axvoli tobora og‘irlashib, 8-fevral kuni  olamdan o‘tgan. 

U bilan birga uy sharoitida tayyorlangan konservadan zaharlangan to‘rtala bemor rayenimatsiya postida statsionar sharoitda davolanmoqda.

Bemor Sh.T. ahvoli og‘irligicha qolmoqda. U su’niy nafas olish apparati yordamida muolaja olmoqda. A.T., G.T. va B.B.larning umumiy ahvollari o‘rta og‘ir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring