Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida kelgan sel besh kishini hayotdan olib ketdi

Chiroqchida kelgan sel besh kishini hayotdan olib ketdi

Foto: «kloop.asia»

Shu yilning 16-may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sel oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa Sariqqamish qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Mirzatuk aholi punktida sodir bo‘lgan. Sel oqimi kuchli yog‘ingarchiliklar sababli vujudga keldi.

Shuningdek, 14-may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari oqib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Natijada «Jillisuv» aholi punktida 4 ta xo‘jalikni suv bosgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring